Bulutli hisoblash va uning tarmoqlarga taʼsiri
Annotatsiya
Ushbu maqolada bulutli hisoblash (Cloud Computing) tushunchasi va uning tarmoq infratuzilmasiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Bulutli hisoblash – bu internet orqali hisoblash resurslari (serverlar, ma’lumotlar bazalari, dasturlar va tarmoq xizmatlari) ni taqdim etuvchi texnologiya bo‘lib, u IaaS (Infrastructure as a Service), PaaS (Platform as a Service) va SaaS (Software as a Service) kabi xizmat modellarini o‘z ichiga oladi.Bulutli hisoblashning tarmoqlarga ta’siri bir qancha muhim jihatlar bilan namoyon bo‘ladi. Birinchidan, tarmoq yuklanishi sezilarli darajada oshadi, chunki foydalanuvchilar katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashga ehtiyoj sezadilar. Ikkinchidan internet tarmoqlariga bog‘liqlik kuchayadi, chunki bulut xizmatlarining ishlashi barqaror va tezkor internetga bog‘liq.
Hali tarjima qilinmagan