Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Innovatsion va raqamli omillarning hududiy iqtisodiy rivojlanishga taʼsirini modellashtirish

Qodirov FarruxUrganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2025
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada innovatsion va raqamli omillarning hududiy iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur ilmiy asosda o‘rganildi. Hududiy rivojlanishning zamonaviy drayverlari sifatida innovatsion texnologiyalar, raqamli transformatsiya, ilmiy-tadqiqot va startap ekotizimlari kabi omillarning o‘zaro ta’siri baholandi. Tadqiqotda 2010–2023-yillar oralig‘idagi hududiy statistik ko‘rsatkichlar asosida ekonometrik va panel ma’lumotlar modellari tuzildi. Natijalar innovatsion omillarning yalpi hududiy mahsulot o‘sish sur’atlariga, raqamli infratuzilmaning esa ishlab chiqarish samaradorligi va ishchi kuchi unumdorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Olingan ilmiy xulosalar hududiy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish va barqaror raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga amaliy asos yaratadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar