Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Blockchain texnologiyasi va uning tarmoqlarda qoʻllanilishi

Qodirov FarruxFarxod XasanovShahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi 2-bosqich talabasi
2025
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Blockchain texnologiyasi, raqamli ma’lumotlarni xavfsiz va oshirilgan ishonchlilik bilan saqlash va uzatish imkonini beruvchi tarqatilgan ma’lumotlar bazasi tizimidir. Ushbu texnologiya birinchi marta Bitcoin raqamli valyutasi orqali mashhur bo‘ldi, lekin bugungi kunda uning imkoniyatlari turli sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Blockchain texnologiyasi markazlashmagan tizimlar yaratish, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash va tizimni qulayligini tekshirish uchun kerak.Ushbu texnologiya so‘nggi yillarda bank xizmatlari, moliya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ta’minot zanjiri va boshqalar kabi turli tarmoqlarda qo‘llanilmoqda. Blockchain tizimlari yordamida ma’lumotlar o‘zgartirilmas va shaffof bo‘ladi, bu esa ularni turli xil sohalarda samarali ishlatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Maqsad -texnologiyaning imkoniyatlari, afzalliklari va qo‘llanish sohalarini tahlil qilish orqali uning kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalarini aniqlashdir.Blockchain texnologiyasining xavfsizligi, shaffofligi va ma’lumotlarni tekshirishning yangi usullari kompaniyalar va tashkilotlarga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, texnologiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlari ham tahlil qilinadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar