Frazeologik birliklar orqali yoshga boʻlgan madaniy munosabat: milliy mentalitet talqini
Sabina XamrakulovaFarg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi
2025
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada turli tillardagi frazeologik birliklar asosida inson yoshiga nisbatan bo‘lgan madaniy va ijtimoiy munosabatlar tahlil qilinadi. Jumladan, o‘zbek tilidagi “sakkizda sakkizlik”, “o‘ttizdagi o‘zbek”, “qirqqa kirgan” kabi birikmalar, rus, ingliz va boshqa tillardagi ekvivalentlar bilan qiyoslab, milliy mentalitetdagi yoshga bo‘lgan qarashlar o‘rganiladi. Tadqiqotda yosh tushunchasining ijtimoiy qadriyatlar, urf-odatlar va jamiyatdagi mavqe bilan bog‘liqligi frazeologik misollar orqali yoritilgan. Maqolada madaniyatlararo tafovutlar va umumiyliklar aniqlanib, frazeologizmlar lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil etiladi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos1 ta foydalanilgan manba