Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Ingliz va oʻzbek tillarida ijtimoiy tarmoqlarda xushmuomalilikning qoʻllanilishidagi oʻxshash va farqli jihatlar

Madina AbdullazodaPhd Student, Uzbekistan State World Languages University Tashkent, Uzbekistan
2025
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Globallashuv va raqamli kommunikatsiyaning rivojlanishi natijasida xushmuomalilik (politeness) kategoriyasi yangi ijtimoiy-lingvistik kontekst — ijtimoiy tarmoqlar diskursida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lmoqda. An’anaviy yuzma-yuz muloqotdan farqli ravishda, raqamli muhitda xushmuomalilik verbal, yozma, vizual hamda paralingvistik vositalarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning nutqiy xulqi ularning madaniy qadriyatlari, kommunikativ niyatlari va ijtimoiy maqomlarini aks ettiradi. Shu sababli, ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalilik strategiyalarining tarmoqlarda qo‘llanishini tahlil qilish madaniyatlararo pragmatikaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri sanaladi [Brown & Levinson, 1987; Haugh, 2015].

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar