Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TOVAR TASHQI SAVDOSINING AHAMIYATI.

2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2020–2025 yillardagi tovar tashqi savdosi holati ilmiy-statistik yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy “Merchandise Trade” ma’lumotlaridan foydalanilib, umumiy tashqi savdo aylanmasi, eksport va import hajmlari, savdo balansi hamda tovar tarkibi va asosiy savdo hamkorlari bo‘yicha dinamik o‘zgarishlar o‘rganilgan. Tahlil natijalari O‘zbekiston tashqi savdosida barqaror o‘sish sur’atlari kuzatilayotganini, biroq import hajmining yuqoriligi sababli savdo balansida salbiy tafovut saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Shuningdek, eksport tarkibida sanoat mahsulotlari ulushi oshib borayotgani va importda mashina-uskunalar yetakchi o‘rinni egallashi aniqlangan. Maqolada tashqi savdoni diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy siyosatni takomillashtirish va tashqi savdo strategiyasini shakllantirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba