ANTROPONIMLARNING MILLIY-MADANIY SEMANTIKASI: INGLIZ VA O'ZBEK SHAXS ISMLARIDA MADANIY KODLARNING IFODALANISHI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi shaxs ismlarining milliy-madaniy semantikasi lingvokulturologik va qiyosiy nuqtayi nazardan keng tahlil qilinadi. Antroponimlar shaxsni nomlash vositasi bo‘lish bilan birga, xalqning tarixiy xotirasi, madaniy qadriyatlari, diniy e’tiqodlari va ijtimoiy tafakkurini mujassamlashtiruvchi madaniy kodlar tizimi sifatida qaraladi. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek antroponimlarida aks etuvchi madaniy kodlar — diniy, ijtimoiy, axloqiy, estetik va ramziy kodlar — semantik jihatdan ochib beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek shaxs ismlarida milliy-madaniy semantika va ramziylik yuqori darajada saqlangan bo‘lsa, ingliz antroponimlarida madaniy kodlar ko‘proq tarixiy qatlamda neytrallashgan holda namoyon bo‘ladi.