Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

SUN'IY INTELLEKT ELEMENTLARI VA RANG SENSORLARI ASOSIDAGI AVTOMATIK MEVA SARALASH

2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Arduino mikrokontrolleri va TCS230 rang sensori yordamida poliz-meva mahsulotlarini rangiga qarab avtomatik saralash tizimi ishlab chiqildi va tajribadan o‘tkazildi. Tizim mevalarning tashqi rang xususiyatlarini real vaqt rejimida aniqlash, olingan RGB rang komponentlarini qayta ishlash va oldindan belgilangan chegaraviy qiymatlar asosida ularni turli sinflarga ajratishga mo‘ljallangan. Tajriba natijalari tizimning barqaror ishlashini, mexanik saralash mexanizmi bilan sinxron ishlashini va rangga asoslangan saralash aniqligini ta’kidladi. Kalibrlash jarayoni orqali rangni aniqlash aniqligi oshirildi va tashqi yorug‘lik sharoitlarining ta’siri kamaytirildi. Tadqiqot natijalari Arduino va rang sensorlari asosidagi tizimlarning kichik va o‘rta hajmdagi ishlab chiqarish sharoitlarida samarali, arzon va modulli yechim ekanligini ko‘rsatadi. Kelajakda tizimni sun’iy intellekt va mashinani ko‘rish texnologiyalari bilan integratsiya qilish orqali aniqlik va funksionallikni oshirish mumkin.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba