MAKTAB O'QUVCHILARIDA RAQAMLI MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH: IT VOSITALARI ORQALI SAMARALI MEDIYA TA'LIM
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim tizimida raqamli madaniyatni shakllantirishning ahamiyati, IT texnologiyalari va mediya ta'lim vositalari yordamida o'quvchilarni raqamli muhitda samarali faoliyat yuritishga tayyorlash masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada raqamli savodxonlik, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash va mediya kontentlarni baholash ko'nikmalarini rivojlantirishning amaliy usullari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida maktab o'quvchilarida raqamli madaniyatni shakllantirishda duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari ko'rsatilgan. Shuningdek, mediya ta'limning turli shakllari, pedagogik texnologiyalar va zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish tajribasi o'rganilgan.