Oliy ta'lim muassasalarida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta‘lim muassasalarida korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishning tashkiliy va iqtisodiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda korporativ boshqaruvning nazariy mazmuni, uning oliy ta‘lim tizimida ahamiyati hamda joriy etish mexanizmlari yoritilgan. O‗zbekiston oliy ta‘lim muassasalarida kuzatuv kengashlari faoliyati, moliyaviy mustaqillik, korporativ madaniyat va iqtisodiy samaradorlik masalalari o‗rganilgan. Shuningdek, korporativ boshqaruvni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‗llari asoslab berilgan. Maqolada universitetlar faoliyatini modernizatsiya qilish, shaffoflik va javobgarlikni oshirish, manfaatdor tomonlar o‗rtasida muvozanatni ta‘minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta‘lim tizimida boshqaruvni takomillashtirish, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimini shakllantirish uchun metodik asos bo'lib xizmat