"YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplami
Annotatsiya
Annotatsiya: Maqolada texnik terminlarning lingvistik tabiati, shakllanish mexanizmlari, semantik va pragmatik xususiyatlari hamda ularning oʻzbek tilidagi ifodalanishi batafsil oʻrganildi. Tadqiqot nazariy-solishtirma, semantik va derivatsion tahlil, shuningdek, korpus va leksikografik manbalarni tahlil qilish usullariga asoslandi. Natijalar texnik terminlarning asosiy xususiyatlarini – aniqlik, birma-ma’nolilik, tizimlilik, neytrallik, qisqalik, derivativ shaffoflik va xalqaromilliy moslik – tasdiqladi. Maqolada oʻzbek terminologiyasiga xos shakllanish yoʻllari (affiksatsiya, kompozitsiya, kalkalash, oʻzlashma, qisqartma) misollar bilan koʻrsatildi va yagona elektron terminologik baza yaratish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi. Kalit soʻzlar: texnik termin, lingvistik tabiati, shakllanish mexanizmi, affiksatsiya, kompozitsiya, kalkalash, oʻzlashma, qisqartma, aniqlik, birma’nolilik,