KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKGA JALB ETILAYOTGAN INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishda investitsiya manbalaridan foydalanish holati tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida investitsiyalarning asosiy moliyalashtirish manbalari sifatida korxonalar va aholi mablag‘lari, bank kreditlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari hamda davlat va budjetdan tashqari jamg‘armalar ulushi o‘rganilgan. Maqolada 2015–2023-yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi va tarkibidagi o‘zgarishlar statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, bank kreditlarining investitsiya jarayonidagi o‘rni, ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Chet el investitsiyalarini jalb etish orqali zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda investitsiya faolligini oshirish iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.