Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Raqamli transformatsiya sharoitida moliya infratuzilmasi samaradorligini oshirishning innovatsion yondashuvlari

2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida moliya infratuzilmasi samaradorligini oshirish masalalari davlat qarzini boshqarish bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. O‘zbekistonning 2018–2025-yillardagi davlat qarzi dinamikasi tahlil qilinib, qarz strategiyalari Turkiya, Braziliya va Qozog‘iston tajribasi bilan qiyoslanadi. Sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va blokcheyn texnologiyalarining qarz boshqaruvi shaffofligini hamda moliyaviy oqimlar samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Ichki qarz bozorini rivojlantirish, qarz muddatlarini uzaytirish va valyuta xatarlarini kamaytirishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tahlil asosida yashil va islomiy obligatsiyalar orqali investorlar tarkibini diversifikatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni qarz boshqaruviga tatbiq etish hamda qarz strategiyasini fiskal qoidalar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba