ASSOTSIATIV BILIMLARNING MENTAL REPREZENTATSIYASI VA BADIIY MATNNI ANGLASH JARAYONI: MADANIY KODLANGAN LISONIY BIRLIKLAR MISOLIDA
Annotatsiya
Mazkur tezisda badiiy matnda madaniy kodlangan lisoniy birliklarning assotsiativ bilim va mental reprezentatsiya bilan bog‘liq kognitiv xususiyatlari yoritiladi. Madaniy kodlangan birliklarning mazmuni faqat lug‘aviy ma’no bilan chegaralanmasdan, inson xotirasida mavjud bo‘lgan madaniy tajriba, assotsiatsiya va bilimlar bilan o‘zaro bog‘liq holda shakllanishi tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz badiiy matnlari misolida lisoniy birlikning o‘quvchi ongida mental obraz va madaniy mazmunni faollashtirish mexanizmi ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: kognitiv tilshunoslik, assotsiativ bilim, mental reprezentatsiya, kognitiv interpretatsiya, madaniy tajriba, konsept, madaniy kodlangan lisoniy birlik, badiiy matn.