Audiomatn asosidagi topshiriqlarni bajarish tezligini oshirishda tinglab tushunish koʻnikmasining oʻrni
Shaxnoza AbdimajidovaAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti 3-kurs talabasi
2025uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada chet tilini o‘rganish jarayonida tinglab tushunish ko‘nikmasining o‘rni va uning audiomatn asosidagi topshiriqlarni tez va samarali bajarishga ta’siri tahlil qilinadi. Tinglab tushunish nafaqat eshitilgan matnni qabul qilish, balki uni ma’no jihatidan anglash, kontekst asosida talqin qilish, eshitilgan axborotni qayta ishlash hamda yodda saqlash jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi. Maqolada ushbu ko‘nikmaning shakllanish bosqichlari, metodik yondashuvlar va amaliy mashqlar samaradorligi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Yakunda tinglab tushunishni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba