Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi asosida Oʻzbekiston agrar sektorini modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirish yoʻllari

Anasxon YunusovNamangan davlat texnika universiteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo’nalishi bo’yicha 2-kurs magistratura talabasi
2025uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston agrar sektorini rivojlantirish jarayonida “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining tamoyillarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanib, uni modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda resurslardan oqilona foydalanish masalalari dolzarbdir. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etish, tabiiy resurslar samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash jarayonlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Shuningdek, Tadqiqotda suv va yer resurslaridan foydalanishda innovatsion yondashuvlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, agrobiznes subyektlari uchun moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident qarorlari va xalqaro tajriba asosida agrar sektorning barqaror rivojlanish istiqbollari ochib beriladi. Natijada, ekologik muvozanatni saqlash bilan birga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar