Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning oʻrni va ahamiyati: GIS tahlili asosida yondashuv

Xilola Abduraxmanova1-kurs tayanch doktorant Andijon davlat universiteti
2025uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi. Yashil iqtisodiyot tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion model sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va turizm sohalariga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni hududiy rivojlanishda joriy etishning strategik yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar, yashil investitsiyalar va ekologik ta’limning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyot hududiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar