Globallashuv davrida mahallaning talim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini saqlab qolishning dolzarbligi
Annotatsiya
Ushbu tezisda globallashuv jarayonining mahalla institutiga va uning ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘rniga ta’siri tahlil qilingan. Muallif mahallaning tarixiy-madaniy ahamiyatini, yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘ziga xos vazifalarini yoritadi hamda zamonaviy tahdidlar – xususan, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga salbiy ta’siri sharoitida mahalla va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zaruratini asoslab beradi. Tezisda mahalla institutining dolzarb roli, uni saqlab qolish va rivojlantirishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari mahalla va ta’lim tizimi o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Hali tarjima qilinmagan