Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Mitoxondrial irsiyat asosidagi kasalliklar: genetik xususiyatlari va klinik koʻrinishlari

Asilbek IsroilovCentral Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti Patologiya va sud-tibbiyot asoslari kafedrasi assistenti, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy, Farg‘ona, O‘zbekistonSayfulloxon BotirxonovCentral Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabasi, O‘zbekiston, Farg‘ona, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy
2025uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu darslik materiali mitoxondrial irsiyat asosida rivojlanadigan kasalliklarning genetik xususiyatlari, patomorfologik o‘zgarishlari va klinik ifodalanishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mitoxondriyalar hujayra energiyasini ishlab chiqarishda markaziy rol o‘ynaydi, ularning DNKsi esa faqat onalik yo‘li orqali nasldan-naslga o‘tadi. Mitoxondrial DNKdagi mutatsiyalar hujayra metabolizmining buzilishiga olib kelib, asosan energiyaga ehtiyoji yuqori bo‘lgan to‘qimalar – asab, mushak, yurak, ko‘z va buyrak tizimlarini zararlaydi. Ushbu kasalliklar ko‘pincha polimorf belgilar bilan namoyon bo‘lib, tashxis qo‘yishda klinik, laborator, morfologik va molekulyar-genetik yondashuvlar zarur bo‘ladi. Darslikda mitoxondriyalarning tuzilishi, genetik mexanizmlari, geteroplazmiya tushunchasi, shuningdek, MELAS, LHON va Kearns-Sayre kabi sindromlarning asosiy belgilariga chuqur yondashilgan. Patologik anatomiya fanining asosiy tamoyillariga tayangan holda mushak biopsiyasi va boshqa gistologik tahlillar orqali tashxislash usullari yoritilgan. Ushbu ma’lumotlar talabalar uchun mitoxondrial kasalliklarning molekulyar asoslari va klinik jihatlarini tushunishda muhim manba hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar