Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Qoraqalpogʻiston sharoitida erta pishar sholi namunalarining seleksiya uchun qimmatli koʻrsatkichlari

Miyirbek KamalovAzizbek EsemuratovQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti
2025uz
ABI

Annotatsiya

Tadqiqot Qoraqalpog‘iston sharoitida erta pishar sholi nav namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholashga bag‘ishlandi. Tajribada standart sifatida Sanam navi bilan taqqoslangan 6 ta namuna o‘rganildi. O‘simlik bo‘yi 77,2–103,4 sm oralig‘ida, ro‘vak uzunligi 13,9–22,0 sm, unumdor tuplar soni 3,2–4,6 dona bo‘ldi. Bir ro‘vakdagi don soni 40 dan 78 donagacha, 1000 dona don og‘irligi esa 26,6–36,2 g ni tashkil etdi. Hosildorlik bo‘yicha Sanam (6,0 g) dan yuqori ko‘rsatkich bergan D-120 (D-135) – 9,20 g va D-12 (36-98-4) – 7,55 g namunalar istiqbolli deb topildi. Shu bois, ushbu genotiplar seleksiya jarayonida donor sifatida tavsiya qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba