Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Mintaqa iqtisodiy barqarorligini rivojlantirishda sanoat tarkibiy oʻzgarishlarining mohiyati

Nodirbek JumaniyazovToshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti, Toʻrtkoʻl fakulteti, assistent-oʻqituvchi Urganch davlat universiteti, mustaqil izlanuvchisi
2025uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda mintaqa iqtisodiy barqarorligini ta’minlash jarayonida sanoat tarkibiy o‘zgarishlarining o‘rni va ularni mohiyatini tushuntiruvchi nazariy qarashlar ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida sanoat tarmoqlari va ularning tarkibiy oʻzgarishlari muhim oʻrin tutadi. Sanoatning iqtisodiyotdagi roli uning nafaqat yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi, balki texnologik yangilanish, eksport salohiyati, innovatsion rivojlanish darajasi va bandlikka qoʻshgan hissasi bilan ham belgilanadi. Tarkibiy oʻzgarishlar – bu iqtisodiy resurslarni past samarali tarmoqlardan yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan tarmoqlarga qayta taqsimlash jarayoni boʻlib, zamonaviy industrial siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Xorazm viloyati sanoati anʼanaviy ravishda qishloq xoʻjaligiga tayangan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda sanoat ishlab chiqarishining hajmi va tarmoqlar tarkibida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda. Bu jarayon iqtisodiy modernizatsiya, investitsiyalarni jalb qilish, texnologik yangilanish va davlat tomonidan qabul qilingan sanoat siyosati bilan bevosita bogʻliqdir.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar