Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Sholi seleksiyasida texnologik sifat koʻrsatkichlari asosida istiqbolli namunalarni tanlash

Esemuratova Guljamal QalbayevnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistentiMiyirbek KamalovAzizbek EsemuratovQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti
2025uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida sholi seleksiya namunalarining texnologik sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqotlarda donning qobiqliligi, shishasimonligi, don yorilishi, umumiy va butun guruch chiqimi kabi asosiy sifat mezonlari tahlil qilindi. Tajribada Guliston navi standart sifatida qabul qilinib, boshqa seleksiya namunalarining ko‘rsatkichlari shu nav bilan taqqoslandi. Olingan natijalarga ko‘ra, 20-09-3 va 20-11-2 namunalarida yuqori butun guruch chiqimi qayd etildi, Guliston navi va D-47-17 namunalarida don yorilish darajasi past bo‘lib, yuqori sifatli guruch olish imkonini berdi. Ushbu ko‘rsatkichlar istiqbolli namunalarni tanlab olish va kelgusida yangi seleksiya navlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar