Raqamli muhitda tarbiyaviy faoliyatni samarali yoʻlga qoʻyish: zamonaviy yondashuvlar
Annotatsiya
Ushbu tezisda onlayn platformalarda tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishning innovatsion yondashuvlari o‘rganildi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar va pedagogik metodlar yordamida tarbiyaviy jarayonni yanada interaktiv, shaxsiylashtirilgan va samarali qilish yo‘llari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari onlayn ta’lim muhitida gamifikatsiya, sun’iy intellekt va multimedia vositalaridan foydalanishning tarbiyaviy jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Shuningdek, texnik va infratuzilma sohasidagi muammolar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Tezisda taqdim etilgan natijalar onlayn tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.