Sunʼiy intellekt vositalaridan foydalangan holda ingliz tili oʻqituvchilarining raqamli kompetentligini shakllantirishning innovatsion yondashuvlari
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari yoritilgan. Sun’iy intellekt asosidagi platformalar — ChatGPT, Grammarly, ELSA Speak va shunga o‘xshash vositalar orqali o‘qituvchilar dars jarayonini takomillashtirish, dars tayyorlash vaqtini tejash, baholashni avtomatlashtirish, shuningdek, o‘z ustida ishlash bo‘yicha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Maqolada ushbu texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishi, duch kelinayotgan muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari keng yoritilgan. Xulosa o‘laroq, sun’iy intellekt – zamonaviy o‘qituvchining yordamchisidir degan fikr ilgari suriladi.
Hali tarjima qilinmagan