Koʻrsatuvlarni xodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish tergov xarakatini videoyozuv qayd etishning oʻziga xos xususiyatlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada hodisa sodir bo‘lgan joyda olib boriladigan tergov harakatlarini videoyozuv orqali qayd etishning o‘ziga xos xususiyatlari, uning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Tergov jarayonida videoyozuv vositalaridan foydalanish hodisa joyidagi dalillarni aniq va to‘liq hujjatlashtirish imkonini beradi, tergov sifatini oshiradi hamda sudda dalil sifatida taqdim etishda ishonchlilikni ta’minlaydi. Maqolada videoyozuvning texnik jihatlari, uni tashkil etish tartibi, tergov harakatlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarning tergov amaliyotidagi roli va ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan. Maqola natijalari tergov jarayonining samaradorligini oshirish va huquqni muhofaza qilish organlarida videoyozuvdan foydalanish tartibini takomillashtirishga xizmat qiladi.