Differensial va individual yondashuvlar asosida ingliz tilini oʻqitish
Nodir XakimxodjayevXalqaro Nordik Universiteti o‘qituvchisi
2025
ABI
Annotatsiya
Mazkur tezisda ingliz tilini o‘qitishda differensial va individual yondashuvlardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyatlari, bilim darajasi, o‘rganish uslubi va psixologik xususiyatlariga asoslangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biri sifatida qaraladi. Tezisda differensial va individual yondashuvlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi, o‘quvchilarning ingliz tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishdagi roli, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi haqida so‘z boradi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos1 ta foydalanilgan manba