Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Karyera muvaffaqiyatiga taʼsir etuvchi shaxsiy omillar: motivatsiya va qatʼiyat

Mohichexra IsmanaliyevaKokand University Andijan branch
2025uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda karyera muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi shaxsiy omillar va motivatsiyaning qat’iyatligi to’g’risida. Zamonaviy mehnat bozori shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda shaxsning karyera muvaffaqiyatiga erishishi ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Tashqi omillar – ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, ta’lim sifati, mehnat bozori talablari bilan bir qatorda, ichki omillar – ya’ni shaxsiy xususiyatlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ichki omillar ichida motivatsiya va qat’iyat karyera muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy determinantlar sifatida ajralib turadi. Motivatsiya va qat’iyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqori motivatsiya shaxsni faoliyatga undasa, qat’iyat esa bu jarayonni barqaror va uzluksiz qiladi. Boshqacha aytganda, motivatsiya boshlang‘ich turtki bo‘lsa, qat’iyat uni uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu uyg‘unlik karyera muvaffaqiyatining muhim psixologik asosi hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar