Talabalarning ogʻzaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (CLIL yondashuvi asosida, IT yoʻnalishi misolida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada IT – “Axborot Texnologiyalari” yo‘nalishi talabalari uchun og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining lingvistik va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Empirik tadqiqotlar asosida CLIL metodining samaradorligi, til va fan mazmunini integratsiyalash orqali og‘zaki nutq ravonligini 20–30% ga oshirishi mumkinligi asoslab berilgan. Maqolada IT sohasiga oid real vaziyatlar, role-play va case study kabi metodlar orqali talabalarda tanqidiy fikrlash, kasbiy nutq va xalqaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish amaliy tavsiyalar bilan ko‘rsatib berilgan.
Hali tarjima qilinmagan