Gʻarb taʼlim falsafasida individualizm va inson huquqlari tamoyillari
2025uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada G‘arb ta’lim falsafasining asosiy qadriyati bo‘lgan individualizm va inson huquqlari tamoyillari tahlil qilinadi. Individualizm g‘oyasi insonning o‘zligini, erkin tafakkurini, tanlov erkinligini e’tirof etgan holda ta’limni shaxsga yo‘naltirishni nazarda tutadi. Inson huquqlari esa ta’lim jarayonida adolat, tenglik va inson sha’nini hurmat qilishni falsafiy asos sifatida belgilaydi. Maqolada Jon Lokk, Imanuel Kant, Jon Styuart Mill, Jon Dyui va Marta Nussbaum kabi G‘arb mutafakkirlarining qarashlari tahlil qilinib, zamonaviy demokratik ta’lim tizimlarining gumanistik yo‘nalishi falsafiy nuqtai nazardan sharhlanadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos3 ta foydalanilgan manba