Boshlangʻich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash orqali uzviylikni taʼminlash
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida formativ va summativ baholash usullarini uyg‘unlashtirish orqali uzviylikni ta’minlash masalasi yoritiladi. Avvalo, formativ baholashning o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ular tomonidan mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganini muntazam kuzatish hamda dars jarayonini moslashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, summativ baholash natijalari bilan formativ baholash jarayonining uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Boshlang‘ich sinfda ushbu baholash turlari uyg‘unligi o‘quvchilarni matematika faniga qiziqish bilan jalb qilish, mustahkam bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.