Vertikal shpindelli paxta terish mashinalari servis xizmatlarini samarali tashkil etishga moʻljallangan oʻlchov moslamasini ishlab chiqish va takomillashtirish
Annotatsiya
Paxta terish mashinasi ishini baholashda birinchi o‘rinda uning ochilgan hosilni terish darajasi aniqlanadi. Mazkur maqolada shpindel tishining absolyut tezligini yo‘nalishi va miqdori paxtani terish darajasiga kuchli ta’sir qiladigan omil ekanligi klassik tadqiqotlarga asoslangan tarzda tushuntirilgan. Shpindel burchak tezligining miqdori shpindelli barabanning bir nechta parametrlariga bog‘liq, ammo asosiy omil-bu shpindel g‘altagining friksion yuritma tasmalariga nisbatan ishqalanish kuchi hisoblanadi. Ishqalanish kuchi esa tasmalarning g‘altakka tushiradigan bosimiga va ishqalanish koeffitsiyentiga bog‘liq. Tahlil qilinayotgan yuritmada tasmalarning g‘altakka tushiradigan bosimi tasmalarning o‘zgaruvchan tarangligiga bog‘liq, dala sharoitida uni aniqlash iloji yo‘q.