Dorivor oʻsimlik polisaxaridlarining biologik xususiyatlari va farmatsevtik ahamiyati
Annotatsiya
Polisaxaridlar tabiatda keng tarqalgan murakkab uglevodlar bo‘lib, ularning dorivor o‘simliklardan ajratib olingan shakllari tibbiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada polisaxaridlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologik faoliyati, farmakologik qo‘llanilishi va amaliy ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot davomida xalqaro ilmiy manbalar, klinik sinov natijalari va farmatsevtik qo‘llanilish sohalari tahlil qilindi. Natijalar polisaxaridlarning immun tizimini faollashtiruvchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va adaptogen xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Dorivor o‘simlik polisaxaridlari farmatsevtika sanoatida yangi preparatlar yaratishda istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.