POMIDOR O`SIMLIGINI ZARARKUNANDA HASHAROTLARDAN HIMOYA QILISH CHORALARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada pomidor (Solanum lycopersicum L.) o‘simligini asosiy zararkunanda hasharotlardan himoya qilish masalalari tahlil qilingan. Pomidor yetishtirish jarayonida o‘simlik shirasi, oqqanot, tripslar, o‘rgimchakkana hamda pomidor kuyasi, g‘o‘za tunlami kabi zararkunandalar o‘simlikning vegetativ va generativ organlariga zarar yetkazadi. Maqolada zararkunandalarni aniqlash va monitoring qilish, hamda ularga qarshi biologik himoya usulining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy integratsiyalashgan zararkunandalarni boshqarish tizimidan foydalanishning afzalliklari o‘rganilgan. Pomidor yetishtirishda himoya tadbirlarini zararkunandaning turi, soni, rivojlanish bosqichi va o‘simlikning fenologik holatiga mos ravishda tashkil etish zarurligi asoslab berilgan.