MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA MUSIQIY RIVOJLANISHNING AHAMIYATI VA METODIKASI
Annotatsiya
Ushbu maqola maktabgacha ta'limdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishning dolzarbligi, musiqiy ta'limning psixologik va pedagogik asoslari, shuningdek, amaliy metodikalar bilan tanishtiradi. Musiqiy oʻyinlar va ritmik mashqlar, bolalarning musiqiy qobiliyati, ritmni his qilish, jamoada ijro etish usullari tahlil qilingan. Tadqiqot asosan 3-6 yoshli bolalar uchun moʻljallangan musiqiy dasturlar va metodlarni tahlil qilishga qaratilgan. Maqola natijalari maktabgacha ta'lim jarayonida musiqani joriy etish, uning bolaning umuminsoniy rivojlanishidagi oʻrni, shuningdek, musiqiy faoliyatni yaratishda foydalaniladigan interaktiv usullarning ahamiyatini ochib beradi.