Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YASHIL INFRATUZILMA EKOLOGIK SHAHAR DIZAYNINING STRATEGIK ASOSI SIFATIDA

Dilorom IsamuxamedovaTAQU shaharsozlik kafedrasi professoriMiraziz Mirzayev"M MIEMARIUN" MChJga qarashli Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani rahbari
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada yashil infratuzilma ekologik shahar dizaynining strategik asosi sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy shaharlarda yashil infratuzilmaning ekologik barqarorlik, iqlim moslashuvi va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashdagi o‘rnini ochib berishdan iborat. Maqolada tahliliy, qiyosiy va umumlashtiruvchi yondashuvlardan foydalanilgan. Tadqiqot davomida yashil infratuzilmaning mikroiqlimni tartibga solish, yomg‘ir suvlari oqimini kamaytirish, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash, rekreatsion muhitni yaxshilash va aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish kabi strategik funksiyalari tizimlashtirildi. Shuningdek, ekologik shahar dizaynini baholash uchun ko‘kalamzor qoplama ulushi, harorat farqi, suv oqimini kamaytirish koeffitsienti va integrallashgan strategik indeks kabi ko‘rsatkichlar tavsiya etildi. Tadqiqot natijasida yashil infratuzilma shahar estetik bezagi emas, balki urban rejalashtirishning ekologik va funksional asosi ekanligi asoslandi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba