TIBBIY-BIOLOGIK FIZIKA TA'LIMIDA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI SIMULYATSIYA VA VIRTUAL LABORATORIYALARNING EKSPERIMENTAL KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDAGI O'RNI
Annotatsiya
Ushbu maqolada tibbiy-biologik fizika fanini o‘qitishda sun’iy intellekt asosidagi simulyatsiya va virtual laboratoriyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mazkur yondashuv murakkab fizik-biologik jarayonlarni vizuallashtirish, talabalarda eksperimental kompetensiyalarni shakllantirish, individual ta’lim trayektoriyasini yaratish va o‘quv natijalarini monitoring qilishda samarali vosita ekanligi asoslab beriladi. Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun bioelektrik hodisalar, optik diagnostika, ultratovush, ionlashtiruvchi nurlanish va tibbiy apparatlar ishlash prinsiplari bo‘yicha virtual laboratoriya stsenariylaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etiladi