BUXORO VA SURXONDARYO VILOYATLARIDAGI AYRIM DAVLAT MULOZIMLARNING KATTA TERROR (1937-1938) DAVRIDAGI TAQDIRI .
Annotatsiya
Mazkur maqolada 1917–1939 yillarda SSSRda, xususan O'zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy qatag'on siyosati, uning huquqiy-tashkiliy mexanizmlari hamda inson taqdiriga ko'rsatgan fojiali ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda VCHK–GPU–OGPU–NKVD organlari faoliyati, "Katta qirg'in" davridagi repressiya ko'lami, "uchlik" tizimi, soxta ayblovlar va sudsiz jazolar arxiv materiallari asosida yoritilgan. Shuningdek, Ashur Bozorov va Burxon Hakimov kabi shaxslar taqdiri orqali qatag'onning ijtimoiy-ruhiy oqibatlari ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, stalincha repressiya siyosati huquqiy me'yorlarni mutlaqo inkor etgan holda, jamiyatning turli qatlamlariga qarshi keng ko'lamli terrorni amalga oshirgan.
Hali tarjima qilinmagan