ELEKTRON TA'LIM MUHITIDA INTELLEKTUAL KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN DASTURIY VOSITALARNING PEDAGOGIK TASNIFI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada elektron ta’lim muhitida talabalarning intellektual kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturiy vositalarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida intellektual kompetentlikning kognitiv, analitik, kreativ va refleksiv komponentlariga dasturiy vositalarning ta’siri ilmiy asoslangan. LMS platformalari, MOOC tizimlari, adaptiv o‘quv platformalari, interaktiv resurslar, diagnostik monitoring vositalari hamda kontent yaratish tizimlarining didaktik funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, dasturiy vositalarni tanlashning didaktik moslik, interaktivlik, intellektual faollashtirish, refleksiv qo‘llab-quvvatlash va integratsiyalashuv mezonlari tavsiflangan.
Hali tarjima qilinmagan