O'ZBEK TILI FRAZEOLOGIZMLARINING(IBORA) KOGNITIV- KONSEPTUAL XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tili frazeologizmlarining kognitiv-konseptual xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda frazeologizmlarning lingvistik va kognitiv jarayonlar orqali shakllanishi, ularning inson fikrlash tizimida tutgan o‘rni hamda madaniy kontekst bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Tadqiqot davomida frazeologik birliklarning ma’no konstruktsiyasi, metaforik va metonimik asoslari, shuningdek, ularning mental xaritalar bilan bog‘liqligi yoritiladi. Maqola natijalari o‘zbek tilining frazeologik fondi va uning kognitiv konseptual modelini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu tadqiqot mintaqaviy tilshunoslik va kognitiv lingvistika sohasida akademik va amaliy izlanishlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.