KO'NDALANG SILJISH DEFORMATSIYALARINI INOBATGA OLGAN HOLDA PLASTINKALARNING SILINDRIK BUKILISHINI MATEMATIK TAHLIL ETISH
Annotatsiya
Maqolada plastinkaning silindrik sirt bo‘ylab ko‘ndalang egilishi uning turli xil mahkamlash sharoitlari uchun siljish deformatsiyalarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilgan. Plastinka qirralarini mahkamlash shartlarini tavsiflovchi chegaraviy shartlar uchun analitik tadqiqotlar natijasida egilish va siljishdan hosil bo‘lgan bukilishlar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, siljish deformatsiyalarining plastinkadagi eguvchi momentlarga ta’siri ko‘rsatilgan. Ushbu yondashuvning texnik qo‘llanilishi uch qatlamli panellarni hisoblash va loyihalashdan iborat bo‘lib, ularga akustik tovush yutuvchi konstruksiyalar va aviatsiya texnikasining yupqa devorli konstruktiv elementlari kiradi.