BIODIZEL YOQILGʻISINING QUYI HARORATLI XOSSALARINI YAXSHILASH UCHUN XITOZAN VA STIROL- (MET)AKRIL KISLOTA SOPOLIMERLARI ASOSIDA EKOLOGIK TOZA QO'NDIRMALAR SINTEZI
Litsenziya: cc-by-nc-sa
Annotatsiya
Mazkur maqolada Apis Mellifera asalari xitinidan olingan aminopolisaxarid xitozan hamda stirol bilan (met)akril kislotasopolimerlari asosida biodizel yoqilg'isi uchun ekologik toza qo‘ndirmalar sintezi natijalari bayon etilgan. Sopolimerlanishningmaqbul rejimlari aniqlangan: monomerlar mol nisbati 1:1, harorat 75°C, davomiylik 3 soat; sopolimer unumi 82–85%,molekulyar massa 45 000–52 000 g/mol. Sintez qilingan qo'ndirmaning 0,3 li eritmasi biodizel yoqilg'isining qotish haroratini -12°C dan -28°C gacha, filtrlanishning chegaraviy haroratini -6°C dan -18°C gacha tushirishga imkon berishi aniqlandi.Qo'ndirma qo'shilgan yoqilg'ining fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari O'zDTs 989:2010 standartiga to'liq javob berishi tasdiqlandi.
Hali tarjima qilinmagan