Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ABU NASR FAROBIYNING "FOZIL ODAMLAR SHAHRI" ASARINING IJTIMOIY HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI

Abduvoxid Abdulbori o'g'li AbdulxayevNаmаngаn davlat pedаgоgikа instituti o'qituvchisiIndira Xushnud qizi SalayevaNаmаngаn davlat pedаgоgikа institutiGulnoza Baxromjon qizi AbdullayevaNаmаngаn davlat pedаgоgikа instituti
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarining ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Sharq Uyg‘onish davrining yirik namoyandasi, “al-Muallim as-soniy” (Ikkinchi muallim) unvoniga sazovor bo‘lgan Forobiyning mazkur asari jamiyatning kelib chiqishi, davlat boshqaruvi, ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat kabi masalalarni o‘z ichiga olgan nodir manbadir . Maqolada Forobiy tomonidan ilgari surilgan fozil shahar konsepsiyasi, uning boshqaruv tamoyillari, rahbar va aholiga qo‘yiladigan talablar, adolatli jamiyat qurish g‘oyalari zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, asardagi g‘oyalarning bugungi kundagi dolzarbligi, xususan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar tarbiyasi va fuqarolik jamiyati qurish borasidagi sa’y-harakatlar bilan uyg‘unligi yoritiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba