Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YOSH BASKETBOLCHILARDA OYOQ-QO'L KUCHINI HARAKATLI O'YINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada yosh basketbolchilarda oyoq va qo‘l kuchini harakatli o‘yinlar yordamida rivojlantirish samaradorligi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Basketbol sport turida yuqori natijaga erishish ko‘p jihatdan sportchining tezkor-kuch sifatlari, ayniqsa sakrovchanlik, turtish kuchi, uloqtirishdagi kuch nazorati va harakat davomida barqaror kuch sarflash qobiliyatiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, mashg‘ulot jarayonida an’anaviy jismoniy mashqlar bilan bir qatorda harakatli o‘yinlardan foydalanish sportchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishi va funksional imkoniyatlariga mos samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada yosh basketbolchilarda oyoq-qo‘l kuchining sport-texnik tayyorgarlikdagi o‘rni, harakatli o‘yinlarning rivojlantiruvchi salohiyati, ularni mashg‘ulotlarga integratsiya qilishning metodik jihatlari hamda tajriba asosida kuzatilgan natijalar yoritiladi. Shuningdek, harakatli o‘yinlar asosida kuch sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan amaliy yondashuv taklif etiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba