SURXONDARYO VILOYATINING QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA IQLIMIY SALOHIYATI: TAHLIL VA ISTIQBOLLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekistonning janubiy qismida joylashgan Surxondaryo viloyatining qayta tiklanuvchi energiya manbalari va iqlimiy salohiyati kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida viloyatning quyosh, shamol va gidroenergetik resurslari baholangan, mavjud ma'lumotlar statistik va GIS usullari orqali qayta ishlangan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, viloyat yiliga oʻottacha 2 800–3 000 soat quyosh nuri oladi, shu jumladan yirik quyosh energiyasi loyihalarini amalga oshirish uchun qulay iqlimiy sharoitlar mavjud. Shamol tezligining oʻottacha koʻrsatkichi 4,5–6,2 m/s ni tashkil etadi. Maqolada mavjud muammolar, investitsiya imkoniyatlari va mintaqani yashil energetikaga oʻtkazish boʻyicha siyosat tavsiyalari ham ilgari surilgan.