ADVOKATURANING 'OQ DOG'LARI': MALAKALI YURIDIK YORDAMNI TA'MINLASHDAGI TO'SIQLAR VA YECHIMLAR
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada advokatura tizimining vujudga kelishi, uning Qadimgi Yunoniston va Rim davrlaridan boshlab hozirgi kunga qadar bosib o‘tgan tarixiy yo‘li hamda O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida ushbu sohada amalga oshirilgan tub islohotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, advokatlik kasbining jamiyat hayotidagi o‘rni, sohani raqamlashtirish bo‘yicha qabul qilingan huquqiy hujjatlar va 2023-yilgi yangi tahrirdagi Konstitutsiyada advokatura institutining mustahkamlanishi masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida tizimdagi kadrlar yetishmovchiligi va sifat muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro tajribaga asoslangan takliflar ilgari surilgan.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba