RAQAMLI TARIX VA SUN'IY INTELLEKT: SUYIRLITEPA YODGORLIGINI OʻRGANISHDA YANGI METODOLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada Ohangaron vodiysi Suyirlitepa arxeologik yodgorligini oʻrganish jarayonida sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarning qoʻllanilish imkoniyatlari tahlil etiladi. Arxeologik tadqiqotlarda GIS-texnologiyalar, 3D-modellashtirish, neyron tarmoqlar va mashinali oʻqitish usullarining amaliy tatbiqi koʻrib chiqiladi. Suyirlitepadagi qazishma natijalari va topilgan moddiy-madaniy ashyoviy dalillar asosida sun'iy intellektning tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilishdagi imkoniyatlari baholanadi. Maqolada raqamli tarix va an'anaviy tarixshunoslikning oʻzaro munosabati, hamda zamonaviy texnologiyalarni Oʻzbekiston arxeologiyasiga tatbiq etishning istiqbollari koʻrsatib beriladi.