Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DINAMIK KENGAYUVCHAN WEB-ILOVALARDA MODULLI XAVFSIZLIK ARXITEKTURASINI LOYIHALASH: PYTHON VA OAUTH2 MISOLIDA

Зулунов Равшанбек МаматовичFizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, Farg'ona davlat texnika universiteti, professorАlishеr Rаvshаn о'g'li DаdаbоyеvFаrg'оnа dаvlаt tеxnikа univеrsitеti
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada dinamik kengayuvchan web-ilovalarda modulli xavfsizlik arxitekturasini loyihalash Python va OAuth2 misolida tahlil qilinadi. Maqsad — o'zgaruvchan talablar va ko'p tenantli muhitda autentifikatsiya hamda avtorizatsiyani izchil boshqaradigan xavfsizlik modullarini asoslashdir. Arxitektura tahlili, STRIDE tahdid modellashtirish va siyosatga asoslangan kirish nazorati metodlari qo'llanildi. Natijada besh qatlamli referens arxitektura — identifikatsiya, token validatsiyasi, avtorizatsiya, tenant izolyatsiyasi va audit — taklif etildi. Ilmiy yangilik modullilikni OAuth2 oqimlari bilan uyg'unlashtiruvchi markazlashgan siyosat boshqaruvi va resurs darajasidagi nazoratdan iborat. Sifat baholash natijalari xavfsizlik komponentlarining qayta ishlatiluvchanligini va kuzatuvchanlikning yaxshilanishini tasdiqlaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba