YOSHLAR SLENGI: ZAMONAVIY MULOQOT VA ADABIY TIL O'RTASIDAGI LINGVISTIK MUNOSABAT
Musurmonqulov Adham Abdurashid oʻgʻliTerDPI oʻqituvchisi,Xoʻjayeva Marjona Mamasaid qiziTerDPI talabasi
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada yoshlar slengi tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda til tizimidagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi. Yoshlar slengining shakllanishi va keng tarqalishiga sabab bo‘lgan omillar – internet va ijtimoiy tarmoqlar, xorijiy tillarning kirib kelishi hamda ommaviy madaniyat ta’siri yoritib beriladi.Maqolada yoshlar nutqidagi sleng birliklarining qo‘llanish xususiyatlari, ya’ni muloqotni soddalashtirish, tezlashtirish va hissiy jihatdan boyitishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, slengning ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilinib, uning adabiy til me’yorlariga ta’siri haqida fikr yuritiladi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba