Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QISHLOQ XO'JALIGI TASVIRLARIDA MADANIY O'SIMLIKLARNI BEGONA O'TLARDAN AJRATISH UCHUN CHUQUR O'QITISHGA ASOSLANGAN SEMANTIK SEGMENTATSIYA MODELI

Feruza Abdirazoq qizi EshonqulovaRaqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi tasvirlarida madaniy o'simliklarni begona o'tlardan piksel darajasida ajratib olish masalasi tahlil qilingan. Tadqiqotda DeepLabV3+, U-Net va U-Net++ semantik segmentatsiya modellari xalqaro ochiq bo'lgan CWFID datasetida bir xil sharoitda baholandi. Sinflar o'rtasidagi keskin nomutanosiblikni kamaytirish maqsadida Dice va Focal yo'qotish funksiyalarining kombinatsiyasi qo'llanildi. Olingan natijalarga asosan, U-Net++ modeli sinov to'plamida eng yuqori 77.87% mIoU, piksel aniqligida esa 97.57% natijani ko'rsatib, yuqori samaradorligini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari kelajakda mahalliy qishloq xo'jaligi ekinlari uchun maxsus mahalliy modellarni ishlab chiqishda metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba