TOSHKENT SHAHRI ATROF HUDUDIDA SUBURBANIZATSIYA JARAYONINING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOT OMILLARINING AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Toshkent shahri atrof hududlarida suburbanizatsiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillarining ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida urbanizatsiya va suburbanizatsiya jarayonlarining nazariy asoslari, Toshkent aglomeratsiyasining hududiy rivojlanish xususiyatlari hamda aholining migratsion harakati, transport infratuzilmasi, uy-joy qurilishi, xizmat ko‘rsatish sohasi va investitsion faollikning suburban hududlarga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Toshkent shahri atrofida suburbanizatsiya jarayonlari iqtisodiy o‘sish, yer resurslariga talabning ortishi, transport kommunikatsiyalarining rivojlanishi va demografik omillar ta’sirida jadallashmoqda. Shu bilan birga, suburban hududlarda ekologik muammolar, yer resurslaridan samarasiz foydalanish hamda infratuzilma yuklamasining ortishi kuzatilmoqda.